UCHINCHI XALQARO FORUM
“FIZIKA – 2024”
Samarqand, O‘zbekiston 2024-yil 23-25-aprel
Ishtirok etish va konferensiya materiallari
     Tezislar ingliz tilida quyidagi talablarga muvofiq topshirilishi kerak: hajmi – A4 formatida 1 betgacha, jumladan jadvallar va rasmlarni o‘z ichiga olgan holda; redaktor MS WORD, shrift Times New Roman, qator oralig‘i 1,0; har tomondan chegaralar 25 mm; yuqorida NOMI – bold, Qalin katta harflar bilan, kattaligi 14 pt, Mualliflar – bir interval o‘tkazib, 12 pt, qalin harflar bilan; bir interval o‘tkazib – Tashkilotning nomi – italic 12 pt; bir interval o‘tkazib – matn 12 pt. Sarlavha va mualliflar o‘rtasida, shuningdek, tashkilot va tezislar matni o‘rtasida mos ravishda bitta va ikkita satr o‘tkazib yoziladi. Matn hariflari kattaligi 12 pt, bir interval o‘tkazib va kengligi bo‘yicha tekslanishi lozim. Tezislar to‘plami elektron shaklda taqdim etiladi. Bitta muallifdan 2 dan ortiq tezislar qabul qilinmaydi.